Norvegiyalik Gunnar Garfors 38 yoshida butun dunyoni kezib chiqqan eng yosh havaskor sayohatchi sifatida Ginnessning Rekordlar kitobiga kirdi, deb yozadi KNews. Gunnar sayohat qilishni 17 yoshidan boshlagan, ammo chet ellarga faol ravishda tashrif buyurishga u 2008-yilda kirishdi, o‘shanda u o‘z oldiga dunyoning har bitta mamlakatiga borish maqsadini qo‘ygan edi.
Gunnar o‘zida eng katta taassurot qoldirgan 12 ta mamlakat ro‘yxatini tuzdi.Ruminiya
Qasrlari, tog‘lari va albatta, Drakulasi bilan mashhur bo‘lgan Transilvaniya sizni hang-mang qilib qo‘yadi. Shuningdek, Buxarestdagi ziyofatlar haqida unutmang.Madagaskar
Madagaskar Fransiyaning mustamlakasi bo‘lganiga shubha yo‘q. Taomlar u yerda oliy darajada, sizni lol qoldiruvchi qirg‘oqlar, lemurlar va baobab daraxtlari bor.Islandiya
Uni shamollar va to‘lqinlar millionlab yillar davomida ayamay kelgan bo‘lsa-da, u hamon o‘sha yerda turibdi. Issiq tabiiy buloqlar kishini tinchlantiradi.Vyetnam
Samimiyat nimaligini shu yerda tushunish mumkin. Bu mamlakatda siz yugur-yugur va stress nimaligini unutasiz.Qirg‘iziston
Ajoyib tabiat, rang-barang bozorlar. Odamlari juda samimiy.Kiribati
U yerda hashamat yo‘q, ammo bu joy haqiqatda jannatmonand. Mahalliy aholining mehmondo‘stligiga ishonch hosil qilishingiz va juda mazali dengiz mahsulotlarini tatib ko‘rishingiz mumkin.Yangi Zelandiya
Bu yerda oq, qora va tillarang plyajlardan bahramand bo‘lish va har qanday suv sporti bilan shug‘ullanish mumkin.Nikaragua
Bu yerda siz syorfing va dayving uchun ajoyib joylarni topishingiz va hayratlanarli tabiatdan zavqlanishingiz mumkin.Syerra-Leone
Bu yerda ajoyib plyajlar, osoyishta qishloqlar va tabassum qiluvchi odamlarni ko‘rasiz. Ammo rivojlangan infratuzilmani topa olmaysiz.Dominika
Vulqonlar, qaynab turgan ko‘llar, yopiq plyajlar va tropik o‘rmonlar bu orolga maftunkorlik bag‘ishlaydi.Norvegiya
Yovvoyi tog‘lar, hayratlanarli sharsharalar, ajoyib muzliklar, mitti qishloqlar va tungi quyosh sizni tang qoldiradi.Urugvay
Osoyishta va xotirjam, ammo juda qiziquvchan kishilar uchun mos keluvchi mamlakat.
Izoh (0)