23-may Moskva shahrida O‘zbekiston va Rossiya tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi 2016–2017-yillar uchun mo‘ljallangan Hamkorlik dasturini amalga oshirish doirasida ikki tomon maslahatlashuvlarining navbatdagi raundi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Rossiya Federatsiyasi delegatsiyasiga vazir o‘rinbosari Igor Morgulov boshchilik qildi.
Uchrashuvda Ostona shahrida bo‘lib o‘tadigan Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining majlisiga tayyorgarlik ko‘rish nuqtayi nazaridan ShHT faoliyatining dolzarb jabhalari yuzasidan fikr almashildi.
Muzokaralar chog‘ida Sammit kun tartibiga kiritilgan masalalar, jumladan, Hindiston va Pokistonning ShHTga to‘laqonli a’zo sifatida kirishi bilan bog‘liq masalalar batafsil muhokama qilindi.
Izoh (0)