Italiya A seriyasining 37-turiga kelib Turinning “Yuventus” klubi mamlakat chempionligini qo‘lga kiritdi.
O‘z maydonida “Krotone” futbol klubini qabul qilgan “Yuventus” yirik hisobda zafar quchdi. 38-tur qanday yakun topsa ham, “Roma” va “Napoli” klublari turinliklarga yeta olmaydi.
Mazkur turdan keyin “Yuventus”, “Roma” hamda “Napoli”ning Chempionlar ligasida to‘p surishi, “Latsio”, “Atalanta” va “Milan”ning Yevropa ligasida o‘ynashi aniq bo‘ldi.
So‘nggi tur kuchli to‘rtlik egasi va vitse-chempion nomiga oydinlik kiritadi. Shuningdek, “Empoli” yoki “Krotone” klublaridan qay birining quyi ligaga ravona bo‘lishi aniq bo‘ladi.
Italiya A seriyasi 37-tur o‘yinlari 20-may, shanba
“Kyevo” — “Roma” 3:5
Gollar: Lukas Kastro, 15 (1:0). Stefan El-Shaaravi, 28 (1:1). Roberto Ingleze, 37 (2:1). Muhammad Saloh, 43 (2:2). Stefan El-Shaaravi, 58 (2:3). Muhammad Saloh, 77 (2:4). Edin Jeko, 83 (2:5). Roberto Ingleze, 86 (3:5).“Napoli” — “Fiorentina” 4:1
Gollar: Kalidu Kulibali, 8 (1:0). Lorenso Insinye, 36 (2:0). Dris Mertens, 57 (3:0). Yosip Ilichich, 60 (3:1). Dris Mertens, 64 (4:1).21-may, yakshanba
Izoh (0)