Jahonda yoshi katta insonlarning 19,5 foizi ortiqcha vazn muammolaridan aziyat chekadi. Buni iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti ma’lumotlari ko‘rsatmoqda, deb xabar beradi “Interfaks”.
Bu muammo eng keng tarqalgan mamlakat sifatida AQSh tan olindi. 15 yoshdan katta amerikaliklarning 38,2 foiziga ortiqcha vazn bilan bog‘liq tashxisi qo‘yilgan. Tahlilchilarning prognozlariga qaraganda, 2030-yilga kelib bu ko‘rsatkich 47 foizni tashkil etadi.
Reytingning ikkinchi pog‘onasida 32,4 foiz ko‘rsatkich bilan Meksika turibdi. Ushbu mamlakat aholisining 70 foizida ortiqcha vazn bor.
Keyingi o‘rinlarni Yangi Zelandiya, Vengriya va Avstraliya egalladi. Oltinchi o‘rinda Buyuk Britaniya turibdi.
Eng yaxshi ko‘rsatkichlarni Yaponiya namoyish qildi. Ushbu mamlakat aholisining 3,7 foizidagina semizlik tashxisi bor.
Izoh (0)