Italiyaning Gianvito Rossi poyabzal firmasi amerikalik tennischi Serena Uilyamsga chegirma qilishdan bosh tortdi. Bu haqda New York Daily News xabar bermoqda.
Gianvito Rossi menejerlari ularning firmasi poyabzallarini afroamerikaliklar kiyishini istamaganligi uchun Serena Uilyamsga chegirma qilishni rad etganligi ta’kidlanmoqda. Bundan tashqari, ular tennischini “qo‘rqinchli” deb atagan.
Mazkur voqeaga Vogue jurnali vakillari aralashgandan keyin do‘kon Uilyamsga chegirma taqdim etganligi xabar qilinmoqda.
Nashrning ma’lum qilishicha, kompaniyaning sobiq menejeri 46 yoshli Uitni Uinbern Gianvito Rossi’ga nisbatan Nyu-York shtati Oliy sudiga irqiy kamsitish to‘g‘risida da’vo kiritgan. Ayolning so‘zlariga qaraganda, uni ishdan bo‘shatgan kompaniya rahbari Greys Mazzilli afroamerikaliklarni yoqtirmasligini bir necha marta namoyish qilgan.
Izoh (0)