“Arsenal” va Venger Chempionlar ligasidan tashqarida qoldi. “Liverpul” ko‘chasida bayram
Angliya Premyer-ligasida 2016/17-yilgi mavsumga rasman yakun yasaldi.
So‘nggi tur kuchli to‘rtlik qay ko‘rinishda bo‘lishiga oydinlik kiritishi kerak edi. Bu yo‘lda kurash olib borayotgan uch klubning barchasi zafar quchdi.
Yakunda Londonning “Arsenal” klubi Chempionlar ligasi yo‘llanmasidan quruq qoldi. “To‘pchilar” bir kishi kam qolib “Everton”ni taslim qilgan bo‘lsa-da, bu Arsen Venger jamoasi uchun kamlik qildi.
“Liverpul” esa o‘z maydonida yirik g‘alabaga erishib, kelasi mavsum Chempionlar ligasida ishtirok etadigan bo‘ldi. Mavsumdagi eng yirik g‘alabasini so‘nggi turda qo‘lga kiritgan “Manchester Siti” esa 3-o‘rin bilan cheklandi.
Oltin va kumush medallarni rasmiylashtirib qo‘ygan ikki klub ham yirik g‘alabalarga erishdi. Bu borada “Tottenhem” 7 ta gol urib, mavsumda eng ko‘p gol urgan va eng kam gol o‘tkazgan jamoa maqomini qo‘lga kiritdi.
Angliya Premyer-ligasi 38-tur bellashuvlari 21-may, yakshanba
Gollar: Harri Keyn, 11 (0:1). Harri Keyn, 13 (0:2). Dele Alli, 45+2 (0:3). Samuel Klukas, 66 (1:3). Viktor Vanyama, 69 (1:4). Harri Keyn, 72 (1:5). Ben Deyvis, 84 (1:6). Tobi Alderveyreld, 88 (1:7).
Izoh (0)