70-Kann kinofestivali doirasida ilk bor virtual reallik shaklida olingan film namoyish etildi. Bu haqda The Hollywood Reporter xabar bermoqda.
“Tana va qum” deb nomlangan, meksikalik rejissor Alexandro Inyarritu tomonidan olingan film Meksika va AQSh chegarasidagi migratsiya muammolariga bag‘ishlangan.
Unda qochoqlarni AQSh chegarasini kesib o‘tishga urinishlari aks ettiriladi. Voqea hibsga olinish bilan yakunlanadi.
VR-qalpoq bilan ko‘riladigan kartina 6,5 daqiqa davom etadi.
Izoh (0)