Xitoylik ikki tibbiyot xodimi ayni jarrohlik operatsiyasi chog‘ida munosabatlariga oydinlik kiritib olishga qaror qildi. Voqea aks etgan video Shanghaiist tomonidan chop etildi.
Aytilishicha, rolik Lankao (Xenan provinsiyasi) shifoxonalaridan birida olingan. Kadrlarda ko‘rinishicha, dastlab hamshira tibbiyot birodari bilan bahslashib qolgan, so‘ng uni urgan, shundan so‘ng hamkasbi qizga bir necha marotaba zarba bergan.
Politsiya voqea yuzasidan tergov olib bormoqda. Huquq-tartibot idoralaridagi ma’lumotga qaraganda, klinika personali video olingan chog‘da hech qanday operatsiya bo‘lmaganini iddao qilmoqda.
Izoh (0)