Botsvanaga kelgan sayyohlar timsohning sherga hujumiga guvoh bo‘ldi. Ularning biri tomonidan suratga olingan video YouTube’da 40 ming martadan ortiq tomosha qilindi.
Voqea Botsvana va Namibiyani ajratib turuvchi Linyanti daryosida sodir bo‘lgan. Ikkita sher boshqa qirg‘oqqa suzib o‘tayotganida ularning kichikrog‘iga timsoh hujum qilib qolgan. Uning sherigi esa do‘stiga yordam berish maqsadida olishuvga kirishgan, biroq u suv ostiga kirib ketib ko‘zdan yo‘qolgan.
Yosh sher Botsvana tomonga qaytgan, uning xaloskori esa uzoq vaqt ko‘rinmagan. Sayyohlar timsoh uni mag‘lub etdi deya o‘ylashdi, biroq keyinroq sher daryoning uzoqroq qirg‘og‘idan chiqib keldi.
“Hayratlanarli, ikkisi ham omon qoldi va jarohat olmadi!”, — deya yozadi video muallifi.
Izoh (0)