Amerikalik olimlar barcha davrlarning eng yirik dinozavrlaridan biri – Tyrannosaurus rex tishlash vaqtida rekord darajadagi bosimni hosil qilganini aniqladi, deb xabar bermoqda EurekAlert!.
Tyrannosaurus rex’ning bitta tishlami uchta avtomobilning bosimiga teng ekani aytilmoqda. U osonlik bilan suyaklarni maydalay olgan. Hozirgi kunda sudralib yuruvchilar bu ishni bajara olmaydi.
Paleontologlarning aniqlashicha, tirannozavrlarning chag‘i timsohlar jag‘ining siqilishidan ikki marta ko‘proq bo‘lgan. Tirannozavrning o‘tkir tishlari 1 kvadrat santimetrga 30 ming kilogrammdan ortiq bosimni yarata olgan.
Olimlarning fikricha, Tyrannosaurus rex seratops va gadrozavr singari o‘txo‘r dinozavrlarning suyaklarini yanchishga qodir bo‘lgan.
Izoh (0)