Abu-Dabida qirilib ketgan qadimiy mavjudot qoldiqlari topildi, uning turi shu vaqtgacha noma’lum bo‘lgan, deb yozadi UAE Inside.
Begemotning qarindoshi bo‘lgan ushbu mavjudotning shunga o‘xshash qoldiqlari o‘n yil avval topilgan, ammo tadqiqotlar u qanday turga mansubligini aniqlay olmagan edi. Eng so‘nggi topilma qidiruvlarga yakun yasadi: tur Archaepotamus Qeshta (“Qadimiy daryo begemoti”) deb ataladi.
Abu-Dabining topilmalar aniqlangan Al Dhafra tumanida ayni paytda beshta arxeologik loyihalar olib borilmoqda, ular amirlik qadimda butunlay boshqacha ko‘rinishga ega bo‘lgani: u yerda daryo tizimi rivojlangani, o‘simliklar mo‘l bo‘lgani, shuningdek, xilma-xil hayvonlarning ko‘plab turlari yashaganini ko‘rsatmoqda.
Izoh (0)