Nyu-York politsiyasi shahar markazidagi Tayms-Skverda amalga oshirilgan jinoyat terakt ekanligi haqida versiyani tasdiqlamadi. CBS’ga ko‘ra, ushbu voqea terrorchilikka aloqador emas, deb ma’lum qildi Meduza.
NBC’da aytilishicha, gap terakt emas, YTH haqida ketmoqda.
Ilgariroq Tayms-Skverda mashina katta tezlikda odamlar guruhini urib ketgani xabar qilingan edi. Bir necha kishi jarohat oldi, shifokorlar ularga yordam ko‘rsatmoqda. O‘z navbatida, Reuters kamida bir kishi halok bo‘lganini yozmoqda. Agentlikning qayd etishicha, hujum qasddan uyushtirilgan edi.
Oxirgi ma’lumotlarga qaraganda, bir kishi halok bo‘lgan, 20 kishi jarohatlangan. Haydovchi qo‘lga olingan. Ilgari u ikki marta mast holda mashina haydagani uchun qo‘lga olingani ma’lum.
Izoh (0)