Yevrokomissiya Facebook ijtimoiy tarmog‘i WhatsApp messenjerini sotib olishda muhim axborotni yashirgan deb topib, kompaniyani 110 million yevro miqdoridagi jarimaga tortdi. Bu haqda Forbes xabar bermoqda.
Dastavval Facebook yillik aylanmasining bir foizi (276 million dollar) miqdorida jarimaga tortilishi aytilayotgan edi, ammo kompaniya regulyator bilan hamkorlik qilgani bois jarima miqdori tushirildi.
Facebook WhatsApp’ni 2014-yili 16 milliard dollarga xarid qilgan edi. Hisobotda kompaniya ijtimoiy tarmoq va messenjer foydalanuvchilarining akkauntlarini avtomatik tarzda birlashtirmasligini kafolatlagan edi. Ammo ikki yildan so‘ng bu ish baribir amalga oshirildi.
Bu ish Yevrokomissiyada shubha-gumon uyg‘otdi, tekshiruv chog‘ida esa kompaniya muhim axborotlarni yashirgani aniqlandi.
Izoh (0)