Amerikalik harbiy xizmatchi, WikiLeaks tashkilotiga maxfiy ma’lumotlarni taqdim etgani uchun sudlangan Bredli Menning qamoqdan ozod qilindi. Bu haqda, AQSh armiyasining rasmiy vakiliga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Menning Kanzas shtatidagi Fort-Livenuort harbiy qamoqxonasini yaqindagina tark etdi.
Harbiy razvedka tahlilchisi Menning 2010-yili AQShning Kuvaytdagi harbiy bazasida hibsga olingan edi. U WikiLeaks’ga 700 mingdan ortiq harbiy va diplomatik hujjatlarni taqdim etganlikda ayblangan edi. Shuningdek, WikiLeaks vakillari qo‘liga AQShning Iroqdagi operatsiyasiga oid videomateriallar ham tushgan edi.
Izoh (0)