AQShda Oq uy binosi noma’lum shaxs kompleks shimolidagi to‘siqdan sakrab o‘tganligi tufayli kirish va chiqish uchun yopildi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Hodisa haqida AQSh maxfiy xizmati Twitter’dagi sahifasida ma’lum qildi.
“Maxfiy xizmat Pensilvaniya-avenyu shimoliy devoridagi velosipedlar to‘xtash joyidan sakrab o‘tgan shaxsga nisbatan munosabat bildirdi”, — deyiladi xabarda.
Boshqarmaning ta’kidlashicha, hozirgi paytda gumonlanuvchi qo‘lga olingan.
Agentlikning ma’lum qilishicha, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning tashrifi munosabati bilan Oq uyda xavfsizlik choralari kuchaytirilgan. Erdo‘g‘on hodisadan avvalroq Oq uyni tark etganligi ta’kidlanmoqda.
Izoh (0)