BMT Xavfsizlik xizmati 17-may, chorshanba kuni norasmiy yopiq majlisda hukumatga qarshi ommaviy chiqishlar tartibsizliklar bilan birga kechayotgan Venesueladagi vaziyatni muhokama qiladi. Butunjahon tashkilotiga uchrashuv o‘tkazish haqida AQSh murojaat qilgan, deb yozadi “TASS”.
Uchrashuv Somali va Eritreya bo‘yicha maslahatlardan so‘ng kunning ikkinchi yarmida bo‘lib o‘tishi ma’lum qilinmoqda.
Venesueladagi iqtisodiy inqiroz mamlakatning asosiy eksport mahsuloti neft narxlari tushib ketgandan so‘ng keskin kuchaydi. Mamlakatda apreldan buyon keng ko‘lamli norozilik namoyishlari davom etmoqda.
Izoh (0)