Turkiya bosh vaziri Binoli Yildirim Germaniya rasmiylari Anqara bilan munosabatlarni yanada rivojlantirish hamda harbiy isyon aybdorlarini himoya qilish yo‘llaridan birini tanlashi lozimligini ta’kidlab o‘tdi. 2016-yil 16-iyulga o‘tar kechasi uyushtirilgan harbiy isyonda rasmiy Anqara diniy arbob va muxolif siyosatchi Fathulloh Gulenni ayblamoqda, deb eslatadi “TASS”.
“Agar Germaniya Turkiya bilan munosabatlarni yaxshilashni istasa, u yuzini ayirmachilar va FЕTO a’zolariga emas, Turkiya Respublikasiga qaratishi lozim”, — uning so‘zlarini keltiradi Reuters.
“Germaniyaning putch ishtirokchilariga boshpana berish qarori munosabatlarimizning yanada yomonlashuviga olib keluvchi voqealar rivojidir”, — qo‘shimcha qildi Yildirim.
8-may kuni Berlin siyosiy boshpana so‘rab murojaat qilgan bir qancha harbiy isyonchilarning talabini qondirgani ma’lum bo‘ldi. Bu fakt rasmiy Anqaraning keskin e’tirozlariga sabab bo‘ldi.
Izoh (0)