IShID terrorchi guruhi jangarilari Iroqning Mosul shahrida to‘liq tor-mor etilish ostonasida turibdi. Bu haqda AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya shtab boshlig‘i polkovnik Jon Dorrian bayonot berdi, deb xabar qiladi “TASS”.
“Mosulda dushman to‘la mag‘lubiyat ostonasida turibdi”, — uning so‘zlarini keltiradi Reuters.
Iroq qurolli kuchlari birlashgan qo‘mondonligi rasmiy vakili polkovnik Yahyo Rasul keltirgan axborotga ko‘ra, ekstremistlar shaharning faqat 12 kvadrat kilometr hududini nazorat ostida ushlab turibdi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)