Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Yaponiyaning Xokkaydo oroli yaqinida mamlakat o‘z-o‘zini mudofaa qilish kuchlarining LR-2 razvedkachi samolyoti halokatga uchradi, deb yozadi “RBK” mahalliy NHK telekanaliga tayanib.

Xokkaydo, arxiv. Foto: “RIA Novosti”

Xokkaydo, arxiv. Foto: “RIA Novosti”

Havo kemasi bo‘laklari orol janubidagi Assabu shahrida joylashgan damba yaqinidan topildi. Samolyot tez yordam bemorini shoshilinch tarzda yetkazish uchun Sapporodagi Okadama aeroportidan uchib ketgan. Ammo Xakodate aeroporti yaqinida radarlardan g‘oyib bo‘lgan.

Avvalroq Yaponiya o‘z-o‘zini mudofaa qilish kuchlarining LR-2 kichik vintli razvedkachi samolyoti Yaponiya shimolidagi Xokkaydo orolida radarlar ekranlaridan yo‘qolib qolgani xabar berilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Irlandiyadagi qamoqxonada “buyuk qochish”, sakkiz soatli ish rejimini qo‘llagan Genri Ford va qon quyish bo‘yicha birinchi muvaffaqiyatli amaliyot. Kun xronologiya...
Mahalliy
“Afg‘oniston iqtisodiyotini tiklash xalqaro hamjamiyatning umumiy ustuvor yo‘nalishi bo‘lishi kerak” — Vladimir Norov
Mahalliy
Foto: Dubay—Namangan—Dubay yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi