20-may kuni WSB doirasida chorak finalning javob janglari bo‘lib o‘tadi. Shu kuni Uzbek Tigers jamoasi Kubada Cuba Domadores’ga qarshi ringga chiqadi.
“Olamsport” nashri o‘zbekistonliklar sharafini himoya qilish uchun Kubaga yo‘l oladigan bokschilar nomiga oydinlik kiritdi. Unga ko‘ra, Rio Olimpiadasida ishtirok etgan Shahram G‘iyosov, Bektemir Meliqo‘ziyev va Bahodir Jalolov qatorida, Jasur Latipov, Elnur Abduraimov kabi sportchilar ham Uzbek Tigers nomidan ringga chiqadi.
Cuba Domadores — Uzbek Tigers
-52 kg: Jasur Latipov-60 kg: Elnur Abduraimov-69 kg: Shahram G‘iyosov-81 kg: Bektemir Meliqo‘ziyev+91 kg: Bahodir JalolovMa’lumot uchun, tomonlarning Samarqand shahrida o‘tgan dastlabki janglari o‘zbekistonliklarning 3:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakuniga yetgandi.
Izoh (0)