Boy va taniqli odamlar o‘z saxiyligi bilan ko‘pchilikni lol qoldiradi. AdMe nashri o‘z saxiyligi bilan tanilgan mashhurlar fotojamlanmasini taqdim etdi.
Sezariya Evora
Kabo-verdelik xonanda o‘z mamlakatining boshlang‘ich ta’lim tizimini to‘laligicha, o‘rta va oliy ta’lim tizimini qisman, shuningdek, mamlakat sog‘liqni saqlash tizimining yarmini moliyalashtirgan. Sezariya Evora tufayli minglab odamlar kamida o‘qish va yozishni o‘rgangan.Kianu Rivz
Aktyor leykemiyaga qarshi kurashish uchun bolalarga yordam beruvchi jamg‘armalarga va hayvonlarni himoya qiluvchi tashkilotlarga millionlab dollar hadya qilgan. Bundan tashqari, “Matritsa” filmining ikkinchi va uchunchi qismlarining liboslari va maxsus effektlari bilan shug‘ullangan xodimlarga gonorar ajratgan. Shu tariqa u 75 million dollarni sarf qilishga ikkilanmagan. “Matritsa” tasvirga olingan studiya ishchilarining so‘zlariga ko‘ra, aktyor yulduzli tarkibning har bir xodim bilan salomlashadigan yagona vakili bo‘lgan. Xodimlardan biriga uning og‘ir vaziyatda ekanligini eshitib, 20 ming dollar sovg‘a qilgan.Jorj Maykl
Qo‘shiqchi bepul konsertlar uyushtirib, kambag‘al odamlarga yordam berish uchun millionlarni sarflagan va bu ishlarni sirli ravishda amalga oshirishga harakat qilgan. Shuning uchun u tomonidan amalga oshirilgan ko‘plab yaxshi ishlar uning vafotidan so‘ng ma’lum bo‘lgan. Guvohlarning aytishicha, Jorj notanish odamlarning qarzlarini to‘lagan.Pol Uoker
Pol Uoker ham o‘z saxiyligini ommaga oshkor qilmagan. Bu haqda u 2013-yilda vafot etganidan so‘ng ma’lum bo‘lgan. Zargarlik do‘konining sobiq xodimi aytishicha, Pol yosh kelin kuyovlar do‘konda nikoh uzugi tanlayotganini ko‘rgan. Biroq yoshlar o‘zlariga yoqqan uzukni sotib ola olmagan. Aktyor ularga yoqqan uzuk uchun to‘qqiz ming dollar to‘lagan hamda do‘kon xodimlaridan kelin va kuyovga uzukni anonim tarzda olib borib berishni so‘ragan va shunday ham qilingan.Xose Muxika
Urugvayning sobiq prezidenti ”eng kambag‘al prezident” sifatida tanilgan. U o‘z daromadlarining katta qismini muhtojlarga bergan va o‘zi qishloq uyida yashagan, eski Volkswagen Beetle avtomobilida yurgan, o‘z fuqarolari boradigan klinikaga borgan va ular bilan birga shifokor qabuliga kirish uchun navbatida turgan. Uning rafiqasi Lusiya Topolanski ham o‘z daromadlarining bir qismini kambag‘allarga yordam berish uchun sarflagan.Ellen Dejeneres
Yaxshilik yerda qolmaydi. 22 yoshli ofitsiant Sara Xoydal o‘zi xizmat ko‘rsatgan ikki harbiy ayolning hisobini to‘lagan. U atigi 27,75 dollar bo‘lgan. Biroq oddiy askar va o‘z bolasini yolg‘iz o‘stirayotgan Sara uchun bu kam summa bo‘lmagan. Shu kuni Sarada atigi sakkiz dollar qolgan va eski avtomobiliga yoqilg‘i quyish uchun ham yetmagan. Teleboshlovchi Ellen Dejeneres Saraning bu ishi haqida eshitgan va uni o‘z shousiga taklif qilib, unga 10 ming dollar va televizor sovg‘a qilgan. Keyinroq esa teleboshlovchi Saraga mashina ham sovg‘a qilgan.Menni Pakyao
Menni Pakyao ko‘p bolali juda kambag‘al oilada tug‘ilgan. Hayot kechirish uchun u yoshligida maktabni tashlagan va ko‘chada kulcha sotgan. Bu vaqtda u boks bilan shug‘ullanishga vaqt topa olgan va o‘zining mustahkam irodasi tufayli butun dunyoga mashhur bokschiga aylangan. O‘zini tiklab olgan Menni qo‘shnilariga yordam berishga qaror qilgan va ular uchun uy qurdira boshlagan. Hozirgi kunda bunday uylarning soni mingdan oshgan, “Pakman Villaj“ deb nomlangan qishloq yuzaga kelgan. Qishloqda uylardan tashqari, sport bilan shug‘ullanish uchun maydon va ko‘p vazifali markaz ham qurilgan.Charlz Fini
Duty Free tarmog‘ining asoschi “milliardlarsiz milliarder” deb ataladi. Chunki u o‘z boyligining (olti milliard dollardan ortiq) deyarli barchasini ko‘plab mamlakatlarda xayriya ishlariga sarflagan. Hozir Charlz Fini 86 yoshda va u o‘z rejasi bo‘yicha 2020-yilgacha o‘z ixtiyoridagi mablag‘larni ta’lim, sog‘liqni saqlash hamda inson huquqlari himoyasi sohalarini rivojlantirishga sarflashni davom ettirmoqda.Joan Rouling
“Garri Potterning onasi” xayriyalar uchun shunchalik ko‘p mablag‘ sarflaganki, milliarder xonimdan millioner xonimga aylangan. U muhtojlarga 160 million dollar yoki o‘z boyligining 16 foizini bergan. Rouling olingan gonorarlarni (taxminan 30 million dollar) turli jamg‘armalarga yo‘naltirish uchun bir nechta kitob yozgan. Bundan tashqari, uning o‘z xayriya jamg‘armasi bor.Elvis Presli
Rock & roll qiroli avtomobillarni yoqtirgan va doimiy sotib olgan. Bir kun yangi avtomobil sotib olish uchun salonga borganda, notanish ayolning kadillakka maftun bo‘lib turganini ko‘rgan. Notanish ayolga mashina yoqqanligini bilib, uni sotib olgan va ayolga sovg‘a qilgan. Bu xabar radio yangiliklarida eshittirlgan. Radioboshhlovchi hazil qilib, u ham shunday sovg‘a olishni xohlashini aytgan. Shu vaqtda radio eshitib turgan Elvis boshlovchiga qong‘iroq qilib, undan qaysi rangdagi avtomobilni yoqtirishini so‘ragan va unga ham shunday sovg‘ani taqdim etgan. Elvis 100 dan ortiq, ba‘zi manbalarga ko‘ra ikki baravar ko‘proq mashinani sovg‘a qilib yuborgan. Uning saxiyligi haqida hujjatli film suratga olingan.Niki Minaj
Yengil-yelpi imij xonandaning saxiylik qila olmasligini bildirmaydi. U yaqinda ixtiyoriy mamlakatdagi o‘z talaba muxlislarining talabalik zayomlarini to‘lashga qaror qildi. Faqat Niki talabaning yaxshi o‘qishi va pullarni o‘qish va kitoblar sotib olish uchun ishlatilishi haqida tasdiq olishi kerak.
Izoh (0)