Rossiyalik UFC jangchisi Xabib Nurmagomedov O‘zbekistonga tashrif buyuradi, deb ma’lumot berdi “Olamsport”. Sayt bunda sportchining Instagram sahifasiga asoslangan.
Aralash qoidalar jangchisi avvalroq O‘zbekistonga tashrifi haqida yozgan, keyinroq aniq sanaga oydinlik kiritgan — 21-may.
Shu kuni sportchi ishtirokida seminar bo‘lib o‘tadi. Keyinroq esa u matbuot anjumanida o‘ziga berilgan savollarga javob qaytaradi. Anjumanga “International Tashkent” mehmonxonasi mezbonlik qiladi.
Ma’lumotga ko‘ra, Xabib Nurmagomedov jiu-jitsu bo‘yicha O‘zbekiston chempionatiga faxriy mehmon sifatida taklif etilgan.
Izoh (0)