Moskvada 11-may, payshanba kuni kechki payt may oyi uchun noodatiy qor yog‘a boshladi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Sinoptiklar 11-may kuni Moskva viloyatining ba’zi tumanlarida qor yog‘ishi mumkinligi, biroq u 12-may, juma kuni erib, havo harorati sakkiz darajagacha isishini ma’lum qildi.
Avvalroq “Moskva birlashgan energetika kompaniyasi” sovuq ob-havo tufayli turar-joy va ijtimoiy soha obyektlariga issiqlik uzatishni yana yo‘lga qo‘yishi haqida ma’lum qilingan edi.
Moskvada keyingi bir necha kun davomida iqlim me’yorlaridan sezilarli darajada orqada qolayotgan sovuq ob-havo, qor yog‘ishi kuzatilmoqda.
Izoh (0)