Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Avstriyaning Innsbruk shahri sudi Suriya fuqarosini 20 nafar insonni o‘ldirganlikda aybdor deb topib umrbod qamoq jazosiga mahkum qildi. Bu haqda Der Spiegel nashriga tayanib, “Interfaks” xabar berdi.

Foto: АFP

Foto: АFP

Ma’lumotlarga ko‘ra, 27 yoshli erkak muxolifatchi “Suriya ozodlik armiyasi” tarkibida xizmat qilgan va Suriya armiyasining qurolsiz 20 nafar askarini o‘ldirgan.

Ta’kidlanishicha, erkak 2016-yil iyunida Tirol hududidagi qochoqlar lagerida qo‘lga olingan.

Tergovning aniqlashicha, erkak 2013—2014-yillarda Suriyaning Xoms shahri va uning atrofida qotilliklar sodir etgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Samarqandda to‘yda yo‘qolib qolgan 4 yoshli bolaning jasadi quduq ichidan topildi
Retseptlar
Pechda pishirilgan qovoq: mazali retseptlarni tayyorlab ko‘ring
Dunyo
Shimoliy Koreya bir haftada to‘rtinchi marta ballistik raketalarni uchirdi