Hindistonning Rajastxon shtatida joylashgan binoda 10-may, chorshanba kuni to‘y marosimi chog‘ida devorning qulashi oqibatida kamida 23 kishi halok bo‘ldi, 30 ga yaqini jabrlandi. Bu haqda Times of India gazetasi xabar berdi, deb yozadi “TASS”.
Fojiaga chang bo‘roni sabab bo‘lganligi ma’lum qilinmoqda. Vayronalar ostida yana bir necha kishi bo‘lishi mumkin. Favqulodda hodisa joyida qidiruv-qutqaruv operatsiyasi amalga oshirilmoqda.
Jabrlanganlar shifoxonalarga yuborilgan. Ulardan ba’zilarida jiddiy jarohatlar qayd etilgan.
Izoh (0)