Bloger Patrik Seman Google Earth dasturi yordamida Dubayning hayratlanarli suratlarini olib, uni noodatiy rakursdan ko‘rsatdi, deb yozadi UAE Inside.
Google Earth vositasida erkak Birlashgan Arab Amirliklarining eng yirik shahrida ingliz alifbosining barcha harflarini topdi.
Uning 7-may kuni internetga joylangan ijodiy videosi ayni paytga qadar bir necha o‘n minglab marta tomosha qilindi.
Ba’zi hollarda harflarga qiyofasi bilan me’moriy obyektlar o‘xshab ketsa, boshqa hollarda tabiiy obyektlar harflarni eslatadi.
Izoh (0)