Nigeriyalik musiqachi Femi Kuti saksofonda 46 daqiqa va 38 soniya tinmay bitta notani chalib turdi. Bu haqda “Pulse.ng” nashri xabar bermoqda.
Femi Kuti bitta notani chalib turgan vaqtda Gollandiya va Buyuk Britaniya diplomatlari, shuningdek, nigeriyalik magnat va siyosatchi Ben Myurrey-Bryus zalda o‘tirgandi.
Twitter foydalanuvchilaridan birining yuklagan videosiga qaraganda, musiqachining chiqishi davomida sahnada raqqosalar raqs tushayotgandi.
At 46 minutes and 38 seconds I'm sure Femi Kuti broke the world record pic.twitter.com/68d7cc2xMC
— Jonathan MurrayBruce (@jonmbruce) May 7, 2017
Saksofonchi puflab chalinadigan musiqa asbobida notani ushlab turish bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatishga urindi. Natijada u amerikalik taniqli saksofonchi Kenni Ji tomonidan 1997-yili qayd etilgan 45 daqiqalik natijasini yangiladi, ammo 47 daqiqa 5,5 soniya bitta notani ushlab turgan jazchi Venn Berchfildga imkoniyatni boy berdi.
Men 50 daqiqa natijani qayd etish uchun harakat qilaman.Ginnessning rekordlari kitobi vakili bu kabi davriy nafas olish texnikasi bilan o‘rnatiladigan rekordlar ko‘rib chiqilmasligi haqida ogohlantirdi. Kuti va avvalgi musiqachilar aynan shu texnikadan foydalangan.Femi Kuti, saksofonchi
Izoh (0)