Nyu-jersilik o‘quvchi qiz Megan Flaerti bitiruv kechasiga ochiq tobut ichida keldi, deb yozadi Afisha Daily.
Onasining so‘zlariga ko‘ra, bir yil avval Megan maktabni bitirganidan keyin dafn etish biznesida o‘z karyerasini boshlashga qaror qilgan va agentliklardan birida amaliyot o‘tashni ham boshlagan. Uni bitiruv kechasiga olib kelgan katafalkni Meganning dafn qilish agentligidagi rahbari boshqargan.
Buni hisobga olmaganda, Megan oddiy o‘smirlar kabi yashaydi: maktabning beysbol jamoasida o‘ynaydi va yoshlar orkestrida baraban chaladi.
Izoh (0)