Buxoro viloyati Vobkent tumanida oliy ma’lumotli shifokorlar yetishmaydi. Bu haqda Vobkent tumanidagi islohotlarni o‘rgangan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolarining majlisida qayd etildi, deb xabar bermoqda O‘zA.
Qayd etilishicha, agar viloyatda har 10 ming aholiga o‘rtacha 28,5 shifokor to‘g‘ri kelsa, Vobkent tumanida bu ko‘rsatkich 13,4 tani tashkil etadi.
Bugungi kunda 23 nafar oliy ma’lumotli shifokorga ehtiyoj bor. Natijada ayrim hollarda tez yordam chaqirig‘i amalga oshirilganda bemor o‘rta maxsus ma’lumotli mutaxassis tomonidan ko‘rikdan o‘tkaziladi.
Tuman tibbiyot birlashmasida dori vositalari bilan ta’minlanganlik darajasi 40 foizni tashkil etmoqda.
Izoh (0)