Ikkinchi jahon urushi yillarida 15 nafar bolaga boshpana bergan temirchi Shoahmad Shomahmudov oilasi sharafiga o‘rnatilgan yodgorlik 9-may, seshanba kuni Toshkentning Xalqlar do‘stligi bog‘ida (sobiq Bobur bog‘i) ochildi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
Tantanali ochilish marosimida shahar va tuman hokimliklari, milliy-madaniy markazlar, shuningdek, jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
1982-yilda Xalqlar do‘stligi maydonida o‘rnatilgan monument 2008-yilda shahar chekkasiga ko‘chirilgandi.
Joriy yil 1-may kuni Xalqlar do‘stligi bog‘iga yetkazildi va Tinchlik bongi yaqiniga o‘rnatildi.
Izoh (0)