O‘zbekiston San’at akademiyasining 13-apreldagi buyrug‘i asosida O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning eng yaxshi portret uchun tanlov e’lon qilindi. Bu haqda UzNews xabar bermoqda.
Tanlovda professional rassomlar ishtirok etishi mumkin. Rasmlarning o‘lchamlari erkin tanlanadi.
Tayyor ishlar 2017-yil 31-iyulga qadar Toshkent fotografiya uyida qabul qilinadi.
Tanlov g‘oliblari San’at akademiyasi sovg‘alari bilan mukofotlanadi.
Izoh (0)