Janubiy Sudan bosh vaziri Taban Deng Gayning kortejiga jangarilar tomonidan hujum uyushtirildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Poytaxt Juba shahrini Bor shahri bilan bog‘lovchi yo‘ldan ketayotgan bosh vazir kortejiga qurollangan shaxslar hujum qildi.
Hujum vaqtida bosh vazirning uch nafar himoyachisi jarohatlandi.
Deng Gayning o‘ziga ziyon yetmadi.
Izoh (0)