3-may kuni Eronning Guliston viloyatida joylashgan ko‘mir konida ro‘y bergan portlash oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 41 kishiga yetdi. Bu haqda, Tasnim agentligiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
“Oxirgi ikki kun ichida kondan 22 tana olib chiqildi. Keyinroq yana 13 nafar halok bo‘lgan konchi topildi, oxirgi soatlarda esa yana olti tana olib chiqildi. Barcha mavjud kuch va vositalar jalb qilingan qutqaruv operatsiyasi davom etmoqda, u qachon tugashi haqida bir narsa deyish qiyin”, — dedi Eron favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rahbari Ismoil Najar.
Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, fojiaga inson omili sabab bo‘lgan. Ammo yakuniy xulosalar faqat qutqaruv operatsiyasi va tekshiruvlar tugaganidan so‘ng e’lon qilinadi.
Izoh (0)