Toshkentda davom etayotgan boks bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekistonning sakkizinchi bokschisi oltin medalni qo‘lga kiritdi.
69 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida ringga ko‘tarilgan Shahram G‘iyosov har uch raundda ham qozog‘istonlik raqibini taslim qilishga muvaffaq bo‘ldi va qit’a birinchiligini chempion sifatida yakunladi.Osiyo chempionatining 10 ta vazn toifasidagi janglarida 8 ta oltin medalni qo‘lga kiritish O‘zbekiston terma jamoasi uchun rekord natija hisoblanadi. Bu esa hali hammasi emas.
19:15 da ringga eng og‘ir vazndagi sportchi Bahodir Jalolov ko‘tariladi. U O‘zbekiston termasiga to‘qqizinchi oltin medalni taqdim etib berishi ham mumkin.
10 nafar bokschi orasidan faqatgina Sanjar Tursunov chorak finalda yengilgandi. Shunga qaramay, u ham Germaniyada o‘tadigan Jahon chempionati chiptasiga ega chiqqan.
Izoh (0)