Toshkentdagi “O‘zbekiston” sport majmuasida bugun — 7-may kuni Osiyo chempionatining so‘nggi boks kechasi bo‘lib o‘tadi.
Oxirgi kundan o‘rin olgan finallarning barchasida o‘zbekistonlik bokschilar ringga chiqadi. Bunga qadar mezbonlardan to‘rt sportchi Osiyo chempioniga aylangan bo‘lsa, chorak finalda qolib ketgan Sanjar Tursunov pley-offdagi g‘alabasi bilan Germaniyadagi Jahon chempionatiga baribir ilinib olgandi.
Bugun Hasanboy Do‘stmatov, Jasur Latipov, Iqbol Xoldorov, Shahram G‘iyosov hamda Bahodir Jalolov jang qiladi.
Ma’lumot uchun, terma jamoaning eng og‘ir vazndagi a’zosi Bahodir Jalolov Astana Arlans’ga qarshi Qozog‘istonda kechgan jangda bugungi raqibi Kamishbek Konkabayevdan yengilgan, o‘sha kuni Uzbek Tigers 1:4 hisobida mag‘lub bo‘lgandi. Bugun Jalolovda o‘sha jang uchun revansh olish imkoniyati bor.
Shahram G‘iyosov ham Astana Arlans’ga qarshi jangni boy bergandi. Biroq bugun unga umuman boshqa bokschi raqiblik qiladi.
Izoh (0)