O‘zbekiston Oliy sudi raisi Shoyunus G‘oziyevning Farg‘ona viloyatidagi sayyor qabulida o‘tgan davr mobaynida viloyatdagi Xalq qabulxonalariga kelib tushgan 17 ming 937 murojaatning 434 tasi sud amaliyoti bilan bog‘liqligi qayd etildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Farg‘ona shahridagi O‘zbekiston Prezidentining Xalq qabulxonasida tashkil etilgan sayyor qabulda viloyat jinoyat, xo‘jalik, fuqarolik sudlari raislari va sudyalari, mahallalar raislari, tadbirkorlar, keng jamoatchilik vakillari, yoshlar ishtirok etdi.
Sayyor qabulda fuqarolarning uy-joy, mulkiy nizolar, ajrim, firibgarlik, yer ajratish, oila-nikoh kabi turli mazmundagi 50 dan ortiq murojaati ko‘rib chiqildi.
“Murojaatlarning adolatli, qonuniy yechimini ta’minlash uchun viloyatdagi tegishli sud raislari va sudyalarga aniq topshiriqlar berildi”, — deyiladi O‘zA axborotida.
Izoh (0)