Stiven Xoking yaqin 100 yil ichida boshqa sayyorani mustamlaka qilish zarurligini aytdi
Britaniyalik fizik Stiven Xoking, agarda insoniyat yaqin 100 yil ichida boshqa sayyorani mustamlakaga aylantirmasa, Yer aholisi iqlim o‘zgarishi, odam sonining ko‘payib ketishi hamda asteroid bilan to‘qnashuv oqibatida qirilib ketishi mumkinligini aytdi. Bu haqda, CNBC’ga asoslanib, “Kommersant.ru” xabar bermoqda.
Olim ushbu nuqtai nazarini “Yangi Yer ekspeditsiyasi” nomli yangi hujjatli filmda aytib o‘tdi. Film BBC telekanalida ko‘rsatiladi.
Mart oyida Xoking fazoga uchish niyati borligini oshkor qilgandi. Uning aytishicha, bunday parvoz uni baxtli qiladi.
Izoh
Kirish
Asosiy yangiliklar