AQSh Mudofaa vazirligi Afg‘onistonga yana qo‘shimcha kuch yuborishni o‘z ichiga olgan yangi harakatlar rejasini taqdim etdi. Bu haqda CNN telekanaliga tayanib, “Interfaks” xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Pentagon Afg‘onistonni “mushkul ahvoldan olib chiqish”ga yo‘naltirilgan rejani AQSh prezidenti Donald Trampga keyingi hafta taklif qilmoqchi.
Ba’zi OAVlarning ma’lum qilishicha, gap Afg‘onistonga yana 3 ming harbiyni jo‘natish haqida ketmoqda.
Oq uy ushbu rejani ma’qullagan taqdirda, yordamchi kuchlarni Afg‘onistonga yuborishda NATO boshchiligidagi mahalliy harbiylar va politsiyani o‘qitish hamda “Tolibon”ga qarshi kurashishda yordam ko‘rsatish missiyasi ham ishtirok etadi.