Turinning “Yuventus” klubi Yevropa Chempionlar ligasi pley-offining besh uchrashuvida o‘z darvozasini saqlab qoldi.
Massimiliano Allegri murabbiylik qilayotgan klub yarim finalning ilk uchrashuvini Monakoda o‘tkazib, 2:0 hisobida zafar quchdi. Klub bunga qadar “Barselona” bilan ikki uchrashuvda 3:0 va 0:0 hisoblarini qayd etgan bo‘lsa, “Portu”ni 2:0 va 1:0 hisoblarida taslim qilgandi.
Golsiz o‘tgan 621 daqiqalik o‘yinlarning faqatgina 1 tasida zaxira posboni Neto ishtirok etgan. Qolgan besh uchrashuv Janluiji Buffonga tegishli.
Chempionlar ligasining bu boradagi rekordi “Arsenal”ga tegishli bo‘lib, London klubi 2005/06-yilgi mavsumning olti uchrashuvini golsiz o‘tkazgan. “Yuventus” “Monako”ga qarshi javob o‘yinida ham gol o‘tkazmasa, “to‘pchilar”ning bu rekordi takrorlanadi.
2004/05-yilgi mavsumda “Milan” ham 5 ta o‘yinni quruq seriya bilan o‘tkazgan. Qiziq tomoni shundaki, o‘sha mavsumlarda “Milan” ham, “Arsenal” ham finalda imkoniyatni boy bergan.
Izoh (0)