4-mayga o‘tar kechasi soat 1:03 da Toshkentda yana zilzila kuzatildi. “Toshkent” seysmostansiyasi “Daryo”ga ma’lum qilishicha, zilzila epitsentri Qirg‘iziston hududida, Toshkentdan 320 km masofada joylashgan.
Epitsentrda zilzila magnitudasi 4,5 ni tashkil etgan. Toshkentda esa yer silkinishi taxminan 2 ball darajasida sezilgan.
Seysmostansiya zilzila O‘zbekistonning boshqa shaharlarida sezilmaganini qayd etdi.
Eslatib o‘tamiz, 3-may kuni soat 09:47 da O‘zbekistonning ayrim hududlarida zilzila qayd etilgandi. Zilzilaning epitsentri Toshkent shahrining janubi-sharqiy yo‘nalishida 295 km uzoqlikda Tojikiston Respublikasi hududiga to‘g‘ri keldi. Epitsentrda qayd etilgan zilzila magnitudasi 6,0 ni tashkil etdi. Keyinroq Favqulodda vaziyatlar vazirligi yer qimirlashi oqibatida O‘zbekiston hududida jabrlanish va talafotlar kuzatilmaganini ma’lum qildi.
Izoh (0)