Ostonada Suriya tomonlar muzokaralarining to‘rtinchi raundi doirasida plenar yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda. Sulh rejimi kafolatchisi bo‘lgan mamlakatlar Suriyada deeskalatsiya zonalari tashkil etish bo‘yicha memorandum qabul qildi, deb xabar beradi “Kommersant.ru”.
Muxolifat hujjatni imzolashdan bosh tortdi.
Imzolash marosimini zalni tark etishni maqsadida o‘rnidan qo‘zg‘algan va shovqin solgan muxolifat vakillari uzib qo‘ydi. Shunga qaramay, muxolifat vakillarining ko‘pchiligi zalda qoldi.
Ilgariroq memorandum muzokaralarga qo‘shilmay kelayotgan muxolifat vakillarisiz imzolanishi mumkinligi bildirilgan edi.
Muqaddam xavfsizlik zonalari yaratish bo‘yicha kelishuvga Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on erishgan edi.
Izoh (0)