Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani Pokistonga tashrif buyurish taklifini rad etdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Islomobod bizga Mozori Sharifdagi, Kobuldagi Amerika universiteti va Qandahordagi teraktlar ijrochilarini topshirmaguniga qadar Pokistonga bormayman”, — uning so‘zlarini keltiradi Geo News telekanali.
Kobulda Pokiston delegatsiyasi bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv chog‘ida Ashraf G‘ani Islomoboddan mamlakat hududida turgan “Tolibon” guruhi jangarilariga qarshi konkret choralar ko‘rilishini talab qildi.
Izoh (0)