Falastinning “XAMAS” harakati siyosiy byurosi raisi Xolid Mashal AQSh prezidenti Donald Trampda Falastin xalqi muammosini adolatli hal qilish uchun tarixiy imkoniyat tug‘ilganini aytib o‘tdi. Bu haqda, CNN’ga asoslanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Telekanalga bergan intervyuda Mashal Trampning jasorati salaflariga nisbatan ancha yuqoriligini ta’kidlab o‘tdi.
“Bu Falastin xalqi muammosining adolatli yechimini topish uchun Isroilga bosim o‘tkazishning tarixiy imkoniyatidir. Bu madaniyatli dunyo va AQSh ma’muriyatining xizmati bo‘ladi”, — dedi siyosatchi.
OAVda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, 3-may kuni Tramp falastinliklar yetakchisi Mahmud Abbos bilan uchrashmoqchi.
Izoh (0)