Toshkentda qozog‘istonlik bokschidan yengilgan Sanjar Tursunov JChdan quruq qoldi
Toshkent mezbonlik qilayotgan boks bo‘yicha Osiyo chempionatining chorak finalida o‘zbekistonlik Sanjar Tursunov mag‘lub bo‘ldi va Germaniyada o‘tadigan Jahon chempionatidan chetda qoldi.
Yarim final yo‘lida uning raqibi qozog‘istonlik Vasiliy Levit bo‘ldi, deb xabar berdi “Olamsport”. -91 kilogramm vazn toifasidagi bokschilar to‘qnashuvida Sanjar Tursunov birinchi jangidagi kabi faolliklikni namoyish eta olmadi. Nimchorak finalda u janubiy koreyalik raqibidan ustun kelgandi.
Ma’lumot uchun, 1988-yilda tug‘ilgan Levit Rio—2016 Olimpiadasining -91 kilogramm vazn toifasida kumush medalni qo‘lga kiritgandi.
Izoh (0)