Agar osmonda oq iz paydo bo‘lsa, demak, samolyot uchib o‘tgan bo‘ladi — buni hatto bolalar ham biladi. Biroq, mazkur iz qanday shakllanadi va nimalardan iborat? “NaukaTV.ru” ushbu savolga javob topishga harakat qildi.
Fuqarolik aviatsiyasi uchuvchisi Patrik Smitga ko‘ra, kondensatsiyali iz quruq havoda, katta balandlikda reaktiv dvigateldan chiqqan gazlar muz kristallariga aylanganidan paydo bo‘ladi.
Bu sovuq kunda nafas olganimizda bug‘ chiqishiga o‘xshash jarayon. Kondensatsiyali izni bulut deb ham atash mumkin. Avialaynerlar har doim ham o‘zidan so‘ng bunday iz qoldiravermaydi.
Izoh (0)