AQSh prezidentlik lavozimiga Demokratik partiyadan sobiq nomzod Hillari Klinton 2016-yilgi saylovlardagi mag‘lubiyatini rossiyalik xakerlarning aralashuvi va FQB rahbari Jeyms Komining harakatlari bilan izohladi. Bu haqda u CNN’ga bergan intervyusida ma’lum qildi, deb yozadi “RBK”.
Klinton o‘z mag‘lubiyati uchun shaxsiy javobgarlikni to‘liq zimmasiga olishini ta’kidladi, biroq buni saylovlardan oldingi o‘n kun bilan izohlashini ma’lum qildi.
“Agar saylovlar 27-oktabr kuni bo‘lib o‘tganda, men sizning prezidentingiz bo‘lardim”, — dedi Klinton. Uning fikricha, uning mag‘lubiyati sabablaridan biri rossiyalik xakerlarning harakatlaridir. U saylov kampaniyasi rahbari Jon Podesta elektron pochtasi yozishmalarining oshkor etilishini ular zimmasiga yuklaydi.
Klintonning so‘zlariga qaraganda, FQB rahbari Jeyms Komining u AQSh davlat kotibi ekanligidagi yozishmalari yuzasidan yangi surishtiruv o‘tkazish haqidagi 28-oktabr kungi kongressga maktubi mag‘lubiyatning ikkinchi sababidir.
“Jeyms Komining 28-oktabrdagi maktubi va Rossiya WikiLeaks harakatlarisiz g‘alaba qozongan bo‘lardim. Ular men uchun ovoz berishga tayyor bo‘lgan ko‘plab kishilar ongida shubha uyg‘otdi, oqibatda ular cho‘chib qoldi”, — deydi Klinton.
Shuningdek, Klinton uning g‘alabasiga xotin-qizlarni yoqtirmaslik ham xalaqit bergan bo‘lishi mumkinligini istisno etmaydi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)