Interpol Ukraina sobiq prezidenti Viktor Yanukovich hamda uning o‘g‘li Aleksandr qidirilayotgani haqida xabarni o‘chirib tashladi. Bu haqda sobiq Ukraina prezidentining matbuot kotibi Yuriy Kirasir Yanukovichning manfaatlarini himoya qiluvchi Joseph Hage Aaronson LLP advokatlik firmasi taqdim etgan ma’lumotga tayangan holda bayonot berdi, deb xabar qiladi “Kommersant.ru”.
“Interpol prezident Viktor Yanukovichga nisbatan qizil ogohlantirish amal qilmasligini, hibsga olish so‘rovnomasi yo‘qligini, Interpol bazasida u haqda ma’lumot mavjud emasligini tasdiqladi”, — ma’lum qildi yurist Facebook’dagi sahifasida.
Advokatning fikricha, shu bilan Interpol Yanukovichga qarshi ilgari surilgan ayblovlar siyosiy motivga ega ekanligini tasdiqladi.
Izoh (0)