Instagram birinchi marta “Voqealar” (Stories) funksiyasida ommaviy nosozliklarga duch keldi, deb yozadi TJournal.
Butun dunyo bo‘ylab foydalanuvchilar bo‘limga fotosuratlarni joylay olmayotganligi haqida ma’lum qila boshladi: boshqalarning voqealarini ko‘rish mumkin edi, ammo nimanidir yuklashga urinishda servis xatolik chiqarib berardi.
Boshqa foydalanuvchilar voqealardan tashqari, Instagram’ga videoroliklarni yuklab bo‘lmasligini ham payqab qoldi.
13-apreldagi statistikaga ko‘ra, Instagram’dagi “Voqealar” funksiyasini har kuni 200 million kishi ishlatadi. Instagram blogida nosozlik haqida hech qanday rasmiy ma’lumot berilmadi, ammo Twitter’da kompaniya vakillari muammolar borligini e’tirof etdi.