Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Oliy ligasining 8-turida Samarqandning “Dinamo” klubi eng ko‘p muxlis to‘pladi. Bu haqda jamoa matbuot xizmati xabar berdi.
Samarqand klubi bunga qadar “Sho‘rtan”, “Navbahor” va “Buxoro” jamoalariga qarshi uy uchrashuvlarida ham ishqibozlar tashrifi bobida peshqadam bo‘la olgandi.
8-turda eng kam tomoshabin eng ko‘p gol urilgan o‘yinga keldi: “Lokomotiv” — “Obod”. Rauf Inileyev shogirdlarining mavsumdagi eng yirik mag‘lubiyatiga 500 dan ko‘proq muxlis guvoh bo‘ldi.
8-tur muxlislari
“Dinamo” — “So‘g‘diyona” 2:2 (12.805 tomoshabin)“Qizilqum” — “Nasaf” 1:1 (7.538)“Sho‘rtan” — “Qo‘qon—1912” 2:3 (3.517)“Mash’al” — “Bunyodkor” 1:0 (2.896)“Paxtakor” — “Navbahor” 1:0 (1.552)“Metallurg” — “Buxoro” 1:2 (1.429)“Neftchi” — “Olmaliq” 1:1 (1.250)“Lokomotiv” — “Obod” 7:0 (515).Eslatma. 7-tur Namanganning “Navbahor” klubi muxlis to‘plash borasida peshqadam bo‘lgandi.
Izoh (0)