Shimoliy Koreya preventiv zarba berish maqsadida yadroviy tutib turish kuchlarini oshirish borasidagi chora-tadbirlarni yanada kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda, Koreya markaziy telegraf agentligiga asoslanib, “Kommersant.ru” xabar bermoqda.
KXDR TIV spikerining so‘zlariga qaraganda, AQSh Shimoliy Koreyaga qarshi sanksiyalar joriy etishda qat’iy turib olgan ekan, rasmiy Pxenyan ham javob chorasi sifatida yadroviy salohiyatini oshirib borishda davom etadi.
Uning fikricha, AQSh KXDRga nisbatan qo‘rqitish va shantaj siyosatini davom ettirmoqda.
Izoh (0)